Ba’zan mahsulot yaxshi, narx adolatli, lekin sotuv yurmaydi. Ko‘pincha sababi mahsulotda emas — brend idrokida.
Belgilar: trafik bor, sotuv yo‘q
Agar odamlar keladi, lekin sotib olmasa, muammo ko‘pincha ishonch yoki tushunarlilikda — ya’ni brendda.
Belgilar: faqat narx so‘raydi
Agar mijozlar faqat narxdan gapiradi, demak boshqa farq ko‘rinmayapti. Bu pozitsiyalashning kuchsizligi belgisi.
Qanday tekshirish
Brend auditi idrok, kommunikatsiya va konversiya nuqtalarini ko‘rib chiqib, sotuvga aynan nima xalaqit berayotganini ko‘rsatadi.